Davlat ulushisiz xususiy kompaniyalar yiliga 200 ming dollargacha xorijiy korxonalar, filiallar, vakolatxonalar va savdo uylariga investitsiya qilishi, shuningdek, xorijiy filiallarning aylanma mablagʻlariga yiliga 100 ming dollargacha oʻtkazishi mumkin. Davlat ulushi boʻlgan kompaniyalar uchun limitlar — 100 ming va 50 ming dollar. Fuqarolar xorijiy kompaniyalar ustav kapitaliga yiliga 10 ming dollargacha yoʻnaltirishi mumkin. Barcha operatsiyalar FERUz tizimida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.

Kontekst
MB boshqaruvining qarori 2-iyunda qabul qilingan va 15-iyunda Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ilgari bunday operatsiyalar regulyatorning alohida ruxsatini talab qilgan va faqat asosiy hisobvaraq bankida amalga oshirilgan. Endi ularni istalgan bank orqali amalga oshirish mumkin, hisob esa raqamli boʻldi.