Oʻzbekiston va Xitoy tovar aylanmasi 2025-yilda 17,8 mlrd dollarni tashkil etdi, 2026-yil birinchi choragida u yana 53,4% ga oshdi. Yanvar–mart oylarida Oʻzbekistonning Xitoyga eksporti 641,7 mln dollarni, importi esa taxminan 4 mlrd dollarni tashkil etdi. Avgust oxirida tomonlar tovar aylanmasining 30 mlrd dollarlik yangi mezonini muhokama qildi. Qoʻshma investitsiya loyihalari portfeli taxminan 60 mlrd dollar deb baholanadi.
Kontekst
2025-yilda Xitoy birinchi marta Markaziy Osiyo davlatlarining eng yirik savdo hamkoriga aylandi. 2026-yil iyulida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Xitoyga sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va suv resurslarini boshqarishga sun’iy intellektni joriy etishni nazarda tutuvchi «raqamli koʻprik» tashabbusini taklif qildi.