Ishtirokchilar aylanmasining 94%dan ortigʻi toʻqimachilik va kiyim ishlab chiqaruvchilariga toʻgʻri keldi. Idish-tovoq va oshxona buyumlari savdosi 548%ga, dam olish va kemping tovarlari savdosi esa 191%ga oshdi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun yuzga yaqin tadbirkor tavsiya etildi.
Kompaniya aylanmaning mutlaq summalari va ishtirokchilar sonini oshkor qilmadi.
Kontekst
RWB «Oʻsish platformasi» dasturini Oʻzbekiston uchun 2025-yilda Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishga tushirgan.