“Navoiyuran” va Özbekiston texnologik metallar kombinatining rejalari Şavkat Mirziyoyevga 5-noyabr kuni taqdim etildi. Jahon bozorida uran xomaşyosiga bölgan talab sönggi yillarda 15–20 foizga oşdi, 2030-yilgaça yana 28 foizga ösişi kutilmoqda. Joriy yilda korxona geologiya-qidiruv va texnologik burğilaşni kengaytiradi, qöşimça sorbsion qurilmalarni işga tuşiradi va 250 ta iş örni yaratadi. Texnik oltingugurt, sulfat va nitrat kislota yetkazib beriş alohida muhokama qilindi: 2030-yilga borib sulfat kislotasi örnini bosuvçi reagentlar uluşini 40 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.

Taqdimotning ikkinçi qismi kritik minerallar haqida böldi. Dunyoda an’anaviy metallarga bölgan talab yiliga örtaça 1 foizga, kritik minerallarga esa 10 foizga ösib bormoqda. Özlaştirilgan beşta mahsulot turi — volfram, molibden, selen, tellur va reniyga yana ön bittasini qöşiş topşirildi: nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganes, platina, vanadiy, simob va mis. 2030-yilga borib 16 turdagi kritik xomaşyo işlab çiqariş hajmi 2,7 milliard dollardan oşişi kerak, şundan volframni çuqur qayta işlaşga 1,1 milliard dollar investitsiya jalb qiliş va qariyb 2,2 milliard dollarlik mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan. Joriy yil yakuniga qadar kombinat 12 ta investitsiya loyihasini işga tuşirib, yuqori tozalikdagi selen va tellur işlab çiqarişni köpaytiradi.

Kontekst

Amaldagi uran dasturi prezidentning 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-sonli qarori bilan tasdiqlangan: unda uran mineral-xomaşyo bazasini 100 ming tonnaga yetkaziş va qazib oliş hamda qayta işlaş hajmini 2030-yilgaça ikki baravar oşiriş közda tutilgan. “Navoiyuran” davlat korxonasi 2020-yilda vujudga kelgan: prezidentning 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qarori bilan “Navoiy KMK” “Navoiyuran” deb qayta nomlandi, qimmatbaho metallarni qazib oliş esa yangi “NKMK” AJga ötkazildi. Bu tuzilmalar faoliyatini hukumatning 2021-yil 30-martdagi 170-sonli qarori tartibga soldi. Şu bilan birga, “Navoiyuran” aksiyalari birlamçi joylaştirişga qöyiladigan yirik davlat korxonalari röyxatiga kiritilgan: 2026-yilning ikkinçi yarmida investorlarga 10–15% taklif qilinişi kerak edi. Uşbu röyxatdagi muddatlar va hajmlar Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan Prezident Administratsiyasi bilan kelişilgan holda özgartirilişi mumkin, sönggi özgartirişlar 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmon bilan kiritilgan.

Şu mavzuda