Markaz hududida maxsus huquqiy rejim 2100-yilgacha amal qiladi va korporativ hamda tijorat munosabatlari, investitsiyalar, mehnat munosabatlari va infratuzilmani qamrab oladi. Uning asosiga Angliya va Uels umumiy huquqi elementlari hamda xalqaro moliya markazlari standartlari asos qilib olingan. Qonun shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishning maxsus qoidalarini joriy etadi, xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda bulutli saqlashga ruxsat beradi, tadqiqotlar erkinligi va SI texnologiyalarini joriy etishni kafolatlaydi hamda markazga oʻz hududida universitetlar, akademiyalar va ilmiy-tadqiqot institutlarini ochish uchun litsenziya berish huquqini beradi. Investorlar uchun toʻrt toifa ajratilgan: institutsional, startap-investorlar, rezident-investorlar va infratuzilma investorlari.

Markaz Toshkentda IT Park infratuzilmasida joylashadi, yagona aksiyador sifatida Texnologik park direksiyasi belgilangan, markazni maxsus kengash boshqaradi. Maydonchaning toʻliq ishga tushirilishi 2027-yilga rejalashtirilgan.

Kontekst

Markazni tashkil etish haqidagi farmon 2025-yil noyabrida chiqdi, 2100-yilgacha rejimli konsepsiyani prezident 2026-yil martida ma’qulladi. Rezidentlarga xizmatlar «yagona darcha» tamoyili boʻyicha koʻrsatiladi, markaz hududida ingliz tilida soʻzlashuvchi xodimlardan iborat alohida soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.