Gu Oʻzbekiston IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Mahmudov bilan uchrashdi. Tomonlar tajriba almashish va xodimlar malakasini oshirishni muhokama qildi.

Mintaqadagi ichki xavfsizlik boʻyicha yagona Fransiya attashesi Toshkentda joylashgan. Fransiya elchixonasi ma’lumotlariga koʻra, u orqali xodimlarni tayyorlash, kiberjinoyatchilik va narkotrafikka qarshi kurash, terrorizmga qarshi harakat, chegara xavfsizligi, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash va fuqaro muhofazasi masalalari yuritiladi.

Kontekst
Lavozimni ochish toʻgʻrisidagi qaror 2025-yilda Fransiya va Oʻzbekiston prezidentlarining uchrashuvlari yakunlariga koʻra qabul qilingan. Ikki mamlakatning politsiya akademiyalari allaqachon tajriba almashmoqda, jumladan yoʻl harakati xavfsizligi va yuqori martabali shaxslarni qoʻriqlash sohalarida.