Toşkent uçun indeks qiymati noldan birgaça bölgan şkalada 0,3646 dan 0,8911 gaça ösdi va şahar «örta» darajadan «juda yuqori» darajadagi guruhga ötdi. Poytaxt 2024-yilda 95-örinda, 2022-yilda 65-örinda, 2020-yilda esa 56-örinda edi. Bu körsatkiç jahondagi örtaça (0,5584) va Osiyo böyiça örtaça körsatkiçdan (0,6343) yuqori. Markaziy Osiyoda Toşkent Almatidan (0,9604, dunyoda 12-örin) keyin ikkinçi örinda, undan keyin Bişkek (0,8119, 55-örin) turadi. Dunyo va Osiyoda birinçi örinni Dubay (1,0000) egallagan.
Indeks şahar portallari va mahalliy elektron xizmatlarni oltita yönaliş hamda 101 ta indikator böyiça baholaydi. Toşkentda eng yuqori körsatkiç — institutsional asoslar (1,0000), eng past körsatkiç esa — fuqarolar iştiroki (0,8000). Hokimlik uşbu natija haqida 20-noyabr kuni xabar berdi va joriy etilgan loyihalar qatorida aholi murojaatlarini qabul qiliş hamda nazorat qilişga möljallangan «Xalq nazorati» platformasini tilga oldi.
Mamlakat miqyosida Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi 0,8930 ni taşkil etdi — 194 ta davlat orasida 32-örin, 2024-yilda esa 63-örinda edi. Markaziy Osiyoda bu indeks böyiça Qozoğiston (0,9363), jahonda esa Koreya Respublikasi (0,9794) yetakçilik qilmoqda.
Kontekst
2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-308-son qaror bilan Özbekistonni 2030-yilgaça Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi böyiça birinçi öttiztalikka kiritiş vazifasi qöyilgan va Mahalliy onlayn xizmatlar indeksi körsatkiçlarini yaxşilaş böyiça alohida işçi guruh tuzilgan edi. Milliy indeks böyiça mamlakat allaqaçon 32-örinda, ya’ni öttiztalikka kiriş uçun ikki poğona qoldi.
Şu mavzuda