Ariza topshirish, toʻlovlarni amalga oshirish va ariza holatini kuzatish Sogʻliqni saqlash vazirligiga bormasdan, «Sogʻliqni saqlash sohasida litsenziyalash» tizimi orqali bajariladi. Mamlakatda har yili taxminan 450 ta tibbiy faoliyat uchun va 900 ta farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya hamda ularga ilovalar beriladi.

Oʻzbekistonda tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun ariza elektron raqamli imzo (ERI) yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi. 2019-yilda belgilangan tartibga koʻra, tibbiy faoliyat uchun litsenziya olishga doir ariza 20 kungacha, farmatsevtika faoliyati uchun esa 15 kungacha koʻrib chiqiladi. Oshirilgan yigʻim toʻlangan taqdirda, ariza besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Kontekst

Islohot 100 kunlik «Hukumat akseleratorlari» dasturi doirasida amalga oshirildi. Dastur 2026-yil 18-mayda boshlandi. Shu dastur doirasida migrantlarga pensiya badallarini masofadan turib toʻlash imkoniyati yaratildi, 095/u va 026/u shaklidagi tibbiy ma’lumotnomalar esa elektron shaklga oʻtkazildi.