Muzokaralarda Oʻzbekistonning toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi 40 ga yaqin korxonasi, shuningdek, Belarusdan importyorlar va distribyutorlar ishtirok etdi. Tomonlar tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini yetkazib berish va oʻzaro savdoni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Kelishuvlarni amalga oshirish muddatlari va ularga erishgan kompaniyalar nomi hozircha ma’lum qilinmagan.

Kontekst

Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilda 25 foizga oshib, $965 mlnga yetdi. Mamlakatlar 2030-yilga borib bu koʻrsatkichni $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda. Yengil sanoat ushbu maqsadga erishishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, 2026-yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekistonning jami toʻqimachilik mahsulotlari eksporti $1,3 mlrdni tashkil etdi. Belarus bilan erishilgan 3,5 mln dollarlik kelishuvlar qiymati ushbu koʻrsatkichning 1 foizidan ham kamiga teng. Biroq bu kelishuvlar hali amalda bajarilgan eksport hajmini anglatmaydi.