Loyihaga koʻra, agar davlat organlari biror materialni tasdiqlanmagan yoki tekshirilmagan deb topsa hamda u odamlar orasida sarosima, vahima yoki tartibsizlik keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblasa, bunday materialni tarqatish huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunday ishlarni ixtisoslashtirilgan kibertribunal koʻrib chiqadi. Sudlarga esa nashrlarning litsenziyalarini vaqtincha toʻxtatib turish yoki bekor qilish vakolati beriladi. Tegishli norma loyihada 26A-modda sifatida belgilangan, jarima miqdori esa 4 mln takagacha yetishi mumkin. Vazirlik loyihani 10-sentabr kuni ayrim ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muhokama qildi.

Oʻzbekistonda yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik 2020-yil dekabridan buyon amal qiladi. Oʻzgartirishlarning tavsifiga koʻra, birinchi huquqbuzarlik uchun 22 mln soʻm jarima, takroran sodir etilgan taqdirda esa ikki yilgacha ozodlikni cheklash jazosi nazarda tutilgan. Oʻsha paytda mamlakatda tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazolari ham bekor qilingan.

Kontekst

2018-yilda qabul qilingan Raqamli xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun jurnalistlarga nisbatan ham qoʻllanilgan. 2018–2023-yillarda ushbu qonun asosida 255 kishiga qarshi ish qoʻzgʻatilgan. 2024-yilda hokimiyat almashganidan keyin qonun bekor qilingan. 2026-yil aprelda esa parlament kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi yangi qonunni qabul qildi. Hozir ushbu qonunga oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.