Hudud 2025-yilda qabul qilingan qonun asosida yaratilgan va 2026-yilda rasman ochilgan. Loyiha ingliz huquqi elementlaridan foydalanishni, alohida tartibga solish rejimini, raqamli ma’muriylashtirishni va investorlar uchun maxsus shartlarni nazarda tutadi.
Tashabbuskorlar baholashicha, 2031-yilgacha hudud 20 mlrd dollargacha investitsiya jalb qilishi va 10 minggacha ish oʻrni yaratishi mumkin.
Oʻzbekiston uchun loyiha maxsus iqtisodiy zonalar, sanoat parklari va investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi ishlab chiqarishlarni yaratishga yoʻnaltirilgan boshqa maydonlarning rivojlanishi fonida qiziqish uygʻotadi.
Kontekst
«Tamchi» MIH (maxsus moliyaviy investitsiya hududi) Issiqkoʻl sohilida joylashgan va oʻzining tartibga solish hamda nizolarni hal qilish mexanizmlariga ega alohida investitsiya yurisdiksiyasi sifatida yaratilmoqda.