AI MAMMO tizimi 54 mingdan ziyod mammografiya tekşiruvi natijasini, AI TOP3-CDSS 6 mingdan ortiq holatni, AI Stroke insult bilan boğliq 2,5 mingdan ortiq holatni tahlil qildi, AI Med-STT esa şifokor va bemorlar örtasidagi 2,5 mingdan ziyod suhbatni matn şakliga ötkazdi. 2026-yil oxiriga qadar sun’iy intellektga asoslangan oltita tizimni töliq işga tuşiriş, yana uçtasini esa sinov tariqasida joriy etiş rejalaştirilmoqda. Vazirning ma’lum qilişiça, bu kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş, taşxis qöyiş jarayonini tezlaştiriş hamda tibbiyot xodimlarining iş yuklamasini kamaytiriş imkonini beradi.

Şuningdek, soğliqni saqlaş axborot tizimlarini integratsiya qiliş uçun xalqaro HL7 FHIR standarti asosidagi DHP platformasi joriy etilmoqda. Axborotda qayd etilişiça, uşbu tizimning tatbiq etilişi ma’muriy yuklamani 30 foizga, takroriy tekşiruvlar va tibbiy xatolar sonini 20 foizga qisqartiriş, şuningdek, hisobotlarni tayyorlaşni 90 foizgaça tezlaştiriş imkonini beradi.

2025–2026-yillarda DMED yagona tibbiy axborot tizimida 491 ta taşabbus amalga oşirildi: 148 mingdan ziyod imtiyozli elektron yöllanma rasmiylaştirildi, tahlil va tekşiruvlarga oid 65 milliondan ortiq ma’lumot şakllantirildi, 126 ta elektron jurnal va şakl hamda 28 ta milliy hisobot raqamli formatga ötkazildi. 4 mingdan ortiq davlat tibbiyot muassasasi, 6 mingga yaqin xususiy klinika, 11 mingdan ziyod dorixona va 38 milliondan ortiq fuqaroni qamrab olgan 20 dan ortiq funksional modul va servis işlab çiqildi. Tibbiyot muassasalarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlaş maqsadida 96 301 ta kompyuter va 43 520 ta planşet xarid qilindi, 44 milliondan ortiq laboratoriya tahlili raqamlaştirildi.

Şu bilan birga, deputatlar davlat tibbiyot muassasalarida DMED tizimi hali töliq hajmda işga tuşmagani, vazirlikning raqamli platformalari esa xususiy tibbiyot taşkilotlari bilan yetarliça integratsiya qilinmaganini ta’kidladilar. Bundan taşqari, deputatlar Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi mablağlari hamda fuqarolarning respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga imtiyozli yöllanmalar olişda duç kelayotgan qiyinçiliklari yuzasidan masalalarni kötarib, ularni hal etiş böyiça takliflar bildirdilar. Vazirning axboroti ma’lumot uçun qabul qilindi hamda uşbu masala böyiça parlament nazoratini davom ettirişga qaror qilindi.

Kontekst

DMED — elektron şifoxona, elektron statsionar, elektron laboratoriya, elektron retsept, elektron ombor, elektron reabilitatsiya va elektron yöllanma tizimlari faoliyat körsatadigan yagona tibbiy axborot tizimidir.

Şu mavzuda