Delegatsiya tarkibiga dekorativ sanoat, qurilish, alyuminiy ishlab chiqarish, paxta savdosi va agrotexnologiyalar sohasidagi kompaniyalar rahbarlari kirdi. Uchrashuvda toʻqimachilik, qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik, sogʻliqni saqlash hamda logistika sohalaridagi qoʻshma loyihalar muhokama qilindi.
Toshkentdan delegatsiya Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi taklifiga binoan Nukusdagi xalqaro investitsiya forumiga joʻnaydi va hudud sanoat korxonalarining ishi bilan tanishadi.
Kontekst
Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik savdo sherigi boʻlib qolmoqda: yanvar–iyul oylarida tovar ayirboshlash $11,3 mlrd boʻlib, umumiy aylanma $49,5 mlrdni tashkil etdi. Xorijiy investitsiyali korxonalar soni boʻyicha ham Xitoy birinchi oʻrinda — 1 sentabr holatiga 6436 ta, bu Turkiyadagidan uch baravar koʻp. Shinjon orqali qurilayotgan Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temir yoʻli oʻtadi, Qashqar esa Xitoydan oʻzbek importi uchun asosiy qayta yuklash punkti boʻlib qolmoqda.