Tizim avval Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlarda sinovdan oʻtkazildi. Robot qoʻngʻirogʻidan soʻng ularning 52% i qarzni toʻliq toʻladi. Endi tizim Toshkent shahri va barcha hududlarga kengaytirilmoqda.
2026-yil uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash muddati — 15 oktabr. Soliq xizmati call-markazining rasmiy raqamlari — 1198 va 71 202-32-82.
Kontekst
29 iyul kuni Soliq qoʻmitasi sun’iy intellekt asosidagi soliq xizmatlarini birlashtiruvchi AI SOLIQ portalini ishga tushirgan.