Keyingi oʻrinlarda Navoiy viloyati (18,5 foiz), Jizzax viloyati (17,5 foiz), Surxondaryo viloyati va Toshkent shahri (har birida 17,4 foiz) qayd etildi. Eng past oʻsish sur’ati Buxoro va Namangan viloyatlarida kuzatildi — har birida 16,5 foiz. Eng yuqori va eng past koʻrsatkichlar oʻrtasidagi farq 2,2 foiz bandini tashkil etdi.

Bozor xizmatlari tarkibida eng katta hajm savdo xizmatlari hissasiga toʻgʻri keldi — 202 trln soʻm. Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 149,7 trln soʻmni, moliyaviy xizmatlar 125,8 trln soʻmni, transport xizmatlari esa 121,5 trln soʻmni tashkil etdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 61,6 trln soʻmga yetdi.

Kontekst

Yuqori oʻsish sur’ati xizmatlar hajmi ham katta ekanini anglatmaydi. Yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida 274,4 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatildi. Mamlakat boʻyicha bu koʻrsatkich 664,9 trln soʻmni, Sirdaryo viloyatida esa 9,5 trln soʻmni tashkil etdi. Bu hududlar orasidagi eng past koʻrsatkichdir.

Yanvar–iyul oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 20,9 mln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga oshdi.

Xizmat turlari orasida eng yuqori oʻsish sur’ati moliyaviy xizmatlarda qayd etildi — ularning hajmi shu davrda 24,5 foizga oshdi.