Toqayev, shuningdek, Ostonadagi Alem.ai xalqaro markazi asosida «Markaziy Osiyo — Koreya» ilgʻor texnologiyalar markazini yaratishni va uning ostida ikki mamlakatning ilmiy institutlari, universitetlari va texnologiya kompaniyalarini birlashtirishni taklif qildi. Qoʻshma loyihalardan u Turkistonda Vusong universitetini ochish, Qizilordada SeoulTech bilan birgalikda SI instituti yaratish, Alatauda KAIST filialini ochish va joriy yili ishga tushgan AI SilkNet prognoz tahlili markazini sanab oʻtdi.

Oʻzbekistonda 2030-yilgacha sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi amal qiladi, u 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-sonli qaror bilan tasdiqlangan. U SI-mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollargacha oshirish, YIDXPda SI qoʻllanadigan xizmatlar ulushini 10% ga yetkazish, 10 ta ilmiy laboratoriya yaratish va mamlakatning hukumatlarning SIga tayyorlik indeksida eng yaxshi 50 talikka kirishini nazarda tutadi.

Kontekst

Superkompyuterlar xarid qilish uchun Oʻzbekiston 2026-yilda 100 mln dollar ajratdi — 2025-yilga qaraganda ikki baravar koʻp. Qozogʻiston Alem.ai markazini ochdi, superkompyuterlarni ishga tushirdi va sun’iy intellekt boʻyicha ixtisoslashgan universitet ochdi.