Muzokaralar Özbekiston delegatsiyasining Şvetsiyaga iş taşrifi doirasida bölib ötdi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Muhsinxöja Abdurahmonov Şvetsiya Migratsiya agentligi boş direktorining örinbosari Annika Gottberg bilan uçraşdi. Muzokaralarda Prezident Administratsiyasi, diplomatik missiya vakillari va Professional ta’lim agentligi direktori A. Husanov iştirok etdi. Şvetsiya tomoni dasturni ikki idora hamkorligining yangi formati deb atadi: u bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi, oraliq natijalar baholanadi. Dasturning özi taxminan 18 oyga möljallangan.
Özbekiston texnikumlarda şved iş beruvçilarining talablariga mos maqsadli dasturlar oçişni, ularga şved tili kurslarini qöşişni, şved mutaxassislarini öqitişga va könikmalarni amaliy baholaşga jalb etişni taklif qildi; alohida, mamlakatda şved tili böyiça test markazini yaratiş imkoniyatini örganiş taklif etildi. Özbekiston tomoni asos sifatida 350 dan ortiq kasb böyiça yarim millionga yaqin talaba öqiydigan 643 ta texnikumdan iborat amaldagi tarmoqni keltirdi. Şuningdek, işlaş uçun ruxsatnomalar berişning şaffofligi, mehnat ekspluatatsiyasining oldini oliş va insofsiz vositaçilarga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi.
Şvetsiyada çet elliklarni yollaş asosan iş beruvçining talabiga asoslanadi, qarorni kompaniyaning özi qabul qiladi. 2025-yilda mamlakatda işlaş uçun 30 mingga yaqin ruxsatnoma berildi; axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot işlab çiqiş va muhandislik-texnik mutaxassisliklarga talab yuqori. Hamkorlikning keyingi yönalişlari loyiha boşqaruv qömitasi yiğilişida körib çiqiladi.
Kontekst
Migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli şeriklik töğrisidagi bitim hamda pilot dastur töğrisidagi qöşma deklaratsiya 2026-yil 10-iyun kuni Toşkentda imzolandi. Prezident 2026-yil 11-sentyabrdagi PQ-322-son qarori bilan bitimni tasdiqladi: mehnat migratsiyasi uçun Migratsiya agentligi, readmissiya uçun Içki işlar vazirligi, akademik almaşinuv uçun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, diplomatik pasport egalari uçun vizasiz rejim uçun Taşqi işlar vazirligi mas’ul etib belgilandi.
Şu mavzuda