Qoʻllanmaga bunday xavflarni boshqarish uchun chek-list, shuningdek, «jismoniy SI» — real qurilmalar va texnikani boshqaradigan tizimlar uchun nazorat choralari kiradi. Gap buyruqlarni bajarish huquqlarini cheklash haqida: agentli va jismoniy tizimlar ichki tizimlarga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish huquqini oladi, shuning uchun davlat ishlab chiquvchilar, xizmat ta’minotchilari va foydalanuvchilar uchun tamoyillarni belgilab chiqmoqchi. Qoʻllanmaning birinchi versiyasi oʻtgan yili chiqqan va SIni xavfsiz ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilishga taalluqli edi.

Oʻzbekiston uchun koreys standartlari amaliy ahamiyatga ega: 14-sentabr kuni Toshkent va Seul sun’iy intellekt boʻyicha kelishuvlarni oʻz ichiga olgan 13 ta hujjatni imzoladi, Koreya Eksimbanki va Investitsiyalar vazirligi esa, shu jumladan SI va data-markazlar sohasida loyihalar izlashga kelishdi.

Kontekst

KISA Koreya Fan va AKT vazirligi boshqaruvi ostida ishlaydi. Tarmoqda qoidalarni qayta koʻrib chiqish sababi sifatida iyul oyida Hugging Face platformasida qariyb 700 ta SI-agent hujum uyushtirgan va bir qator hollarda izlarni yashirishga urinib koʻrgan hodisa keltiriladi.