U BMT Bosh kotibining tashkilotni moslashtirish boʻyicha «BMT-80» tashabbusini va Xavfsizlik Kengashini kengaytirish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi, xalqaro huquq barcha davlatlarga ularning manfaatlaridan qat’i nazar bir xilda qoʻllanishi kerakligini ta’kidladi. Kelgusi yili Oʻzbekiston Qoʻshilmaslik harakatiga raislik qiladi.
Oʻzbek tilida aytilgan nutqda Afgʻoniston, Orol fojiasi oqibatlari, sun’iy intellektni rivojlantirish, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari haqida ham soʻz yuritildi. «Bizning tanlovimiz aniq — ochiqlik, yaxshi qoʻshnichilik va muloqot», — deb mamlakat pozitsiyasini bayon qildi Saida Mirziyoyeva.
Kontekst
Sessiyada Oʻzbekiston delegatsiyasiga Saida Mirziyoyeva boshchilik qilmoqda, oʻtgan yili Bosh Assambleya minbaridan Prezident chiqish qilgan edi. Joriy sessiyada taxminan 130 ta davlat delegatsiyalari ishtirok etmoqda, umumiy munozaralar 22-dan 26-sentabrgacha davom etadi va 28-sentabrda davom ettiriladi. 21-sentabr kuni Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashdi. Oʻzbekiston BMTga 1992-yildan a’zo.