Qaror 20-noyabr kuni qabul qilindi. Qisqa muddatli reytinglar B darajasida saqlab qolindi, transfer va konvertatsiya xatari bahosi BB+ dan BBB- darajasiga, ustuvor ta’minlanmagan qarz reytingi esa BB dan BB+ darajasiga kötarildi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori reyting böldi, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Agentlik uşbu qarorni byudjet holati va tölov balansining yaxşilangani bilan izohlamoqda. Islohotlar qatorida davlat korxonalarining taşqi qarz olişini tartibga soliş, xomaşyo tuşumlarisiz birlamçi taqçillikning yuqori çegarasi, DXŞ böyiça yillik majburiyatlar limiti hamda korporativ boşqaruv standartlari qayd etilgan. 2026–2029-yillarda byudjet taqçilligi YaIMning qariyb 3 foizi darajasida bölişi prognoz qilinmoqda.
YaIMning qayta hisoblab çiqilişi 2025-yilgi nominal körsatkiçni 15 foizga — 2 126,8 trln sömgaça yoki 169 mlrd dollargaça oşirdi, ma’lumotlar esa 2017-yildan buyon qayta körib çiqildi. Şu bois, 2026–2029-yillarga möljallangan örtaça sof davlat qarzi endilikda avvalgi 30 foiz örniga YaIMning 24 foizi miqdorida baholanmoqda.
Xalqaro zaxiralar 2023-yildan buyon ikki baravardan ziyod ösib, 2026-yil oktyabr oyi oxiriga kelib qariyb 64 mlrd dollarga — YaIMning 32 foiziga yetdi, zaxiralarning 85–90 foizini oltin taşkil etadi. 2026-yilning töqqiz oyida iqtisodiyot ötgan yilgi 8,0 foizga nisbatan 8,3 foizga ösdi. Çeklovçi omillar sifatida agentlik aholi jon boşiga töğri keladigan YaIMning qariyb 5 200 dollarni taşkil etişi, oltin narxiga boğliqlik, qarorlar qabul qilişning markazlaşgani hamda pul ötkazmalari va savdo böyiça Rossiya bilan aloqadorlikni, jumladan, ikkilamçi sanksiyalar xatarini körsatmoqda.
Kontekst
BBB- — S&P şkalasi böyiça investitsiya toifasining eng quyi poğonasi bölsa, BB+ — investitsiyadan past toifaning eng yuqori poğonasi hisoblanadi. Kapital harakatiga qöyiladigan çeklovlar xatarini ifodalovçi transfer va konvertatsiya bahosi allaqaçon BBB- darajasida turibdi.
2026-yilning may oyida S&P Özbekiston reytingini BB darajasida tasdiqlagan edi. 2025-yilga kelib DXŞ doirasida imzolangan bitimlar hajmi YaIMning 21 foiziga yetdi, 2024–2030-yillarga möljallangan yana qariyb 30 mlrd dollarlik loyihalar ma’qullandi, ularning 93 foizi energetika sohasiga töğri keladi.
Şu mavzuda