Uchrashuv oldidan Belarus delegatsiyasiga IT Park Uzbekistan faoliyati taqdim etildi: IT-ekotizimni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, rezident kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari va eksportni oshirish choralari. Soʻngra delegatsiya UZINFOCOM faoliyati va davlat xizmatlarini raqamlashtirish bilan tanishdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha aniq kelishuvlar, loyihalar yoki summalar e’lon qilinmadi.
Kontekst
Oʻzbekiston va Belarus tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilda 25%ga oshib, $965 mlnga yetdi, 2030-yilga kelib mamlakatlar uni $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda, biroq bu savdoda raqamli soha hozircha deyarli ifodalanmagan: asosini qishloq xoʻjaligi texnikasi, oziq-ovqat va mebel tashkil etadi. Belarusda ham imtiyozlar modeli oʻxshash oʻz maydoni bor — Minskdagi Yuqori texnologiyalar parki. Aleksandr Ogorodnikov Oʻzbekistonda elchi boʻlib 2025-yil martidan beri ishlaydi.