Nima taqiqlangan

Olti oylik taqiq 2026-yil 30-oktyabrdagi 397-n/q-sonli buyruqqa köra 2709 00, 2710, 2902, 3403, 3811 va 3826 00 tovar kodlari böyiça benzin, dizel yoqilğisi va ayrim neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib çiqişga tatbiq etiladi. Moylash moylari taqiq ostiga tuşmaydi. Temir yöl orqali 2710 12 kodli neft mahsulotlarini olib çiqiş taqiqlanadi.

Taqiqdan nimalar çiqarildi

Avtomobil transporti uçun uçta istisno mavjud. Avtomobillarning zavod tomonidan körsatilgan yoqilği baklaridagi yoqilği — sutkasiga bir martadan köp emas. Vakolatli organ bilan kelişilgan holda ilmiy-tadqiqot işlari va laboratoriya sinovlari uçun aviatsiya yoqilğisi. Hukumat qarori bilan insonparvarlik yordami doirasidagi neft mahsulotlari.

Asosiy istisno — temir yöl: taqiq benzinning ayrim turlariga (2710 12 412 0, 2710 12 413 0, 2710 12 450 0 va 2710 12 490 0 kodlari) taalluqli emas, bunday benzin neft mahsulotlarining ayrim turlarini işlab çiqariş va aylanmasini davlat tomonidan tartibga soliş töğrisidagi qonunga muvofiq tasdiqlanadigan yetkazib beriş rejalari böyiça olib çiqiladi. Hukumat qarori bilan insonparvarlik yordami ham istisno qilingan. Ya’ni, benzin yetkazib beriş davlatlararo kanali saqlanib qoladi, erkin olib çiqiş esa yopiladi.

Ikkinçi taqiq — yanvardan

Alohida band bilan 2027-yil 1-yanvardan 30-iyungaça Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bojxona hududidan taşqariga yengil distillyatlar, aviakerosin va dizel yoqilğisi, gazoyllar, toluol, ksilol va neft bitumini olib çiqiş taqiqlanadi. Buyruq transport, moliya, savdo va integratsiya, içki işlar, milliy iqtisodiyot vazirliklari hamda Milliy xavfsizlik qömitasi bilan kelişilgan.

Bu Özbekistonga qanday aloqador

Özbekiston YeOIIga kirmaydi, ammo taqiq Qozoğistondan, şu jumladan YeOII davlatlariga olib çiqiş sifatida belgilangan, şuning uçun u Özbekiston uçun ham amal qiladi. Özbekistonlik xaridorlar uçun bu avtomobil kanali yopilganini (maşinalarning ştat baklaridagi yoqilğidan taşqari), temir yöl orqali esa benzinni faqat tasdiqlangan yetkazib beriş rejalari böyiça oliş mumkinligini anglatadi. 1-yanvardan boşlab dizel yoqilğisi va aviakerosinni YeOII hududidan taşqariga, ya’ni Özbekistonga olib çiqiş ham taqiqlanadi. Iste’mol narxlari indeksining oktyabr oyi ma’lumotlariga köra, Özbekistonda benzin bir yilda 19,5 foizga qimmatlaşgan, oktyabrda AI-95 — 2,6 foizga, AI-98 va AI-100 — 5,3 foizga (benzin narxi va işlab çiqarilişi haqida yozgan edik).

Kontekst

Taqiq uzluksiz amal qiladi: 2026-yil 30-apreldagi 175-n/q-sonli avvalgi buyruq 2026-yil 21-maydan 21-noyabrgaça olib çiqişni töxtatgan edi, ungaça esa taqiq 2025-yil 20-noyabrdan 2026-yil 20-maygaça amal qilgan. Yangi buyruq birinçi rasmiy e’lon qilinganidan ön kalendar kun ötgaç kuçga kiradi; Zakon.kz ma’lumotlariga köra, bu 16-noyabr, taqiqning özi esa 22-noyabrdan kuçga kiradi.

Şu mavzuda