Sakkiz oyda 425 ming tonna neft, 648,3 ming tonna gaz kondensati, 24,2 milliard kub metr tabiiy gaz, 4,4 million tonna koʻmir qazib olindi.

Kontekst

Yanvar–avgust oylarida benzin importi 41,2 foizga oshib, 721,5 million litrga yetdi, biroq avgustga kelib keskin kamaydi: oʻtgan yilgi 49,3 million litrga nisbatan 11,4 million litr. Shu vaqt ichida oʻrtacha import qiymati aprelda 1000 litr uchun 576 dollardan avgustda deyarli 995 dollargacha oshdi (Bojxona qoʻmitasi ma’lumotlari, «Gazeta» hisob-kitobi).

Benzin bir yilda qimmatlashdi 20,1 foizga (sentyabrda — 1,2 foizga, AI-95 — 4,2 foizga), propan — 48,9 foizga. Sentyabr oxiriga kelib Oʻzbekistonga yetkazib beriladigan AI-92 va AI-95 partiyalari tonnasiga oʻrtacha 100–150 dollarga qimmatlashdi: neftning jahon narxlari oshmoqda, Rossiya va Qozogʻistondan taklif esa cheklangan. Treyderlarning aytishicha, Oʻzbekistondagi xaridorlar yangi narxlarda xarid qilishdan oʻzini tiyib, mahalliy zavodlar mahsulotini olmoqda (Argus narx agentligi bahosi).

17 sentyabrdan birjada suyultirilgan gaz narxining oshish chegarasi bekor qilindi va propan ikki kunda deyarli 65 foizga — tonnasi 12,2 million soʻmgacha qimmatlashdi. Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, sentyabrda AI-92 litri 10,5 ming soʻmdan 17 ming soʻmgacha, AI-95 esa 13,5 ming soʻmdan 21,5 ming soʻmgacha boʻlgan.