Qoʻngʻirot — Qoraoʻzak — Taxiatosh yoʻnalishini «yashil sanoat yoʻlagi» va «intellektual iqtisodiyot uchburchagi»ga aylantirish rejalashtirilmoqda. Mintaqa uchun «resursdan tayyor mahsulotgacha» tamoyili boʻyicha sanoat va investitsiya xaritasi ishlab chiqiladi. Uch yil ichida Nukus, Qoʻngʻirot, Qoraoʻzak va Taxiatoshda 1500 ta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi xizmatlar eksportini yiliga 600 mln dollargacha yetkazish rejalashtirilgan.
Kontekst
Mintaqa uchun «yashil» energetikaga tayanish alohida e’lon qilingan: Qoraqalpogʻiston mamlakatdagi bunday energiya ishlab chiqarishning eng yirik markazlaridan biriga aylanishi kerak. 600 mln dollarlik eksport maqsadi sun’iy intellekt boʻyicha milliy strategiya maqsadlariga mos keladi: strategiya mamlakatda SI mahsulotlari va xizmatlari hajmini 2030-yilga borib 1,5 mlrd dollargacha yetkazishni nazarda tutadi.