Stansiyani yagona energetika tizimiga ulash uchun 1,5 ming km yuqori kuchlanishli magistral tarmoqlar tortiladi, 500 kV li uchta podstansiya quriladi va yana ikkitasi modernizatsiya qilinadi. Shu kuni Qoraoʻzak tumanida umumiy quvvati 300 MVt boʻlgan ikkita shamol elektr stansiyasi va 100 MVt li energiya saqlash tizimi foydalanishga topshirildi.
Marosimda jami $592 mlnlik 11 ta loyiha ishga tushirildi va $7 mlrdlik 47 ta loyiha qurilishi boshlandi.
Kontekst
Qoraqalpogʻistonning yalpi hududiy mahsuloti 2016-yilda 8,5 trln soʻmdan 2026-yil boshiga kelib 54 trlngacha oʻsdi. Toʻqqiz yil ichida hududga $5 mlrddan ortiq investitsiya jalb etildi, xorijiy va qoʻshma korxonalar soni 2018-yildan boshlab 2,2 baravar oshib, 271 taga yetdi.