Mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida Yagona milliy mehnat tizimi orqali murojaat qilish kerak. Kechroq berilgan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
Agar hujjatlar tartibda boʻlsa, mahalliy mehnat organi shaxsni ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga oladi va ma’lumotnoma yuboradi. Uning asosida sobiq ish beruvchi uchinchi oy uchun ham oʻrtacha ish haqini toʻlaydi. Xizmat bepul.
Kontekst
Mehnat kodeksiga koʻra, ish beruvchi tashabbusi bilan shartnoma bekor qilinganda — masalan, korxona tugatilganda yoki shtat qisqartirilganda — xodimda ish topish davri uchun oʻrtacha ish haqi saqlanadi. Dastlabki ikki oy avtomatik toʻlanadi, uchinchisi insonning ish qidiruvchi sifatida hisobga qoʻyilgani va ishga joylashmaganini tasdiqlashni talab qiladi. Yangi qaror aynan shu tartibni rasmiylashtiradi va uni elektron shaklga oʻtkazadi.