Vazirlik xabar berishicha, xalqaro avtomobil yoʻllari boʻylab xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga javob beradigan zamonaviy yoqilgʻi quyish shoxobchalari va yoʻlboʻyi servis majmualarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, AQShning yetakchi kompaniyalari va ilgʻor texnologiyalarini Oʻzbekiston bozoriga jalb etish boʻyicha kelishib olindi. Petrocas Energy Group Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Qora dengiz mintaqasida logistika va neft mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan, GULF brendining eksklyuziv mintaqaviy hamkori va litsenziatidir. Xabarda sarmoya miqdori, shoxobchalar soni va muddatlar koʻrsatilmagan.
Kontekst
Oʻzbekistonda yoqilgʻi qimmatlashmoqda: Gazeta.uz ma’lumotlariga koʻra, benzin bir yilda oʻrtacha 20 foizga, AI-95 esa sentyabr oyida 4,2 foizga qimmatlashgan. Uchrashuv hozircha faqat niyatlarni bildiradi: aniq loyihalar, maydonlar va muddatlar koʻrsatilmagan, shuning uchun yoqilgʻi quyish shoxobchalari bozoriga va yoqilgʻi narxiga ta’siri haqida gapirish hali erta.