Xitoy tomoni ma’lumotlariga koʻra, yangi maydoncha texnologiyalar almashinuvi, qoʻshma tadqiqotlar va sun’iy intellekt sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun ishlatilishi kerak. Markaz ishining tafsilotlari va davlatlarning ishtirok mexanizmini qoʻshimcha belgilash rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston BRIKSga kirmaydi, biroq Markaziy Osiyo davlatlari raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bilan bogʻliq xalqaro tashabbuslarda tobora koʻproq ishtirok etmoqda.
Kontekst
Sun’iy intellekt masalalari soʻnggi bir necha yil BRIKS mamlakatlari hamkorligi yoʻnalishlari qatoriga kiradi. Ilgari birlashma ishtirokchilari qoʻshma tadqiqotlar, raqamli infratuzilma va texnologik rivojlanish sohasidagi loyihalarni muhokama qilgan.