Qonun loyihasi «Tinçlik va insoniyat xavfsizligiga qarşi jinoyatlarning ayrim toifalari uçun javobgarlik takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga özgartirişlar kiritiş töğrisida» deb nomlanadi. Palataning ma’lum qilişiça, özgartirişlar Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga kiritilgan, şuningdek, xorijiy davlatlar hududlaridagi qurolli mojarolarda iştirok etiş bilan boğliq jinoiy qilmişlar uçun javobgarlik normalariga aniqlik kiritilmoqda. Bundan közlangan maqsad fuqarolarning xorijdagi mojarolarda iştirok etişining oldini oliş va ularning turli harbiy tuzilmalarga jalb etilişi xavfini kamaytirişdan iborat ekani ta’kidlangan. Palata xabarida aynan qanday sanksiyalarni özgartiriş taklif etilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Hozirda 154¹-moddaning birinçi qismiga köra, Özbekiston fuqarosining çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kirişi bazaviy hisoblaş miqdorining uç yuz baravarigaça jarima yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi — ya’ni buning uçun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmagan. Moddaning ikkinçi qismiga köra esa, bunday xizmatga yollaş uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud xuddi şu muddatga ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Kodeksda alohida «Yollanma askarlik» deb nomlangan 154-modda ham mavjud. Unga köra, nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi bölmagan şaxsning moddiy mukofot yoki boşqa şaxsiy manfaat köriş maqsadida özga davlat hududida yoxud uning tomonida qurolli töqnaşuvda yoki harbiy harakatlarda qatnaşişi beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Yollanma şaxsni yollaş, öqitiş, moliyalaştiriş yoki unga boşqa moddiy ta’minot beriş, xuddi şuningdek undan foydalaniş uçun esa yetti yildan ön ikki yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi belgilangan.

Kontekst

Amaldagi tahrirdagi 154¹-modda birinçi qismining sanksiyasi 2019-yil 3-dekabrdagi ÖRQ-586-sonli Qonun bilan, ikkinçi qismining sanksiyasi esa 2015-yil 10-avgustdagi ÖRQ-389-sonli Qonun bilan belgilangan. Yollanma askarni yollaş va ta’minlaş töğrisidagi 154-moddaning ikkinçi qismi kodeksga 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonun bilan kiritilgan.

Şu mavzuda