Asosiy pasayish oltinga toʻgʻri keldi: uning qiymati 64,9 mlrd dollardan 60,1 mlrd dollargacha kamaydi. Shu bilan birga, jismoniy hajm 14,1 million troya unsiyasidan 14,3 million troya unsiyasiga oshdi — ya’ni oltin koʻpaydi, lekin arzonlashdi. Valyuta qismi 6,6 mlrd dollardan 5,9 mlrd dollargacha, ya’ni 10,6 foizga kamaydi. Zaxiralardagi oltin ulushi — 90,2 foiz.

Kontekst

Sababi jahon narxlaridir: London fiksingi ma’lumotlariga koʻra, sentyabr oyida troya unsiyasi 9 foizga arzonlashib, 4188,75 dollargacha tushdi (UzDaily). Bunday tuzilma zaxiralarni bitta metall narxiga bogʻliq qiladi: oltin arzonlashganda, unsiyadagi zaxira oshsa ham, zaxiralarning dollardagi qiymati pasayadi. Oy boshida, 1-sentyabr holatiga koʻra, zaxiralar 72,1 mlrd dollarni tashkil etgan.