2025-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi savdo 33% ga oshdi va 1,3 mlrd dollarga yetdi. Munosabatlar har tomonlama strategik hamkorlik darajasiga koʻtarildi. Ustuvor yoʻnalishlar — energetika, elektrotexnika, metallurgiya, muhim minerallar, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi va zargarlik sanoati. Tomonlar qoʻshma bayonot, 2026–2030-yillarga moʻljallangan madaniy almashinuv dasturi va 2026–2028-yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi hamkorlik dasturini imzoladi. Muvofiqlashtirish uchun tashqi ishlar vazirlari darajasida mexanizm yaratilmoqda.

Kontekst
Oʻzbekiston–Hindiston qoʻshma korxonalari soni soʻnggi yillarda yetti barobar oshdi. Mamlakatlar oʻrtasida haftasiga 14 ta toʻgʻridan-toʻgʻri reys bajariladi, Oʻzbekistonda toʻrtta hind universiteti faoliyat yuritadi. Hindiston Oʻzbekistonning 2027–2030-yillarda Qoʻshilmaslik harakatiga rahbarligini qoʻllab-quvvatladi.