Eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlari qiymati 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Tarkibi boʻyicha: sabzavotlar — 551,3 ming tonna, meva va rezavorlar — 332,8 ming tonna, tarvuz va qovun — 198,5 ming tonna, mosh — 36,2 ming tonna, yeryongʻoq va yongʻoq — 14,7 ming tonna, boshqa mahsulotlar — 304,2 ming tonna. Ma’lumotlar dastlabki.

Kontekst

Oʻzbekistonning yanvar–avgustdagi umumiy eksporti 3,4 foizga kamayib, 22,9 mlrd dollarni tashkil etdi, ammo oltinsiz 28,7 foizga oshib, 11,5 mlrd dollarga yetdi. Oltinsiz eksportning taxminan oʻndan bir qismi meva-sabzavot mahsulotlariga toʻgʻri keladi: 11,5 mlrd dollardan 1,2 mlrd dollar (tahririyat hisob-kitobi).