Ishtirokchilar milliy statistika tizimi doirasida ma’lumotlarni muvofiqlashtirish, issiqxona gazlari inventarizatsiyasi, energetika, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va yer resurslari, suv resurslari, havo sifati hamda atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar statistikasini muhokama qildi. Ekologik-iqtisodiy hisoblar, tabiiy ofatlar statistikasi, iqlimga oid ma’lumotlarni tarqatish va geofazoviy axborotdan foydalanish masalalari alohida koʻrib chiqildi. Yakuniy sessiyada tarmoqlar boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Tadbirda Milliy statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Rustem Dilshodovich Mahammadiyev, qoʻmita markaziy apparati xodimlari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Kontekst
Iqlim statistikasi xalqaro majburiyatlar doirasida hisobot taqdim etish uchun zarur. Oʻzbekiston Parij kelishuvining ishtirokchisi boʻlib, issiqxona gazlari inventarizatsiyasi boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etadi. Tarmoq statistikasini rivojlantirish vazifalari Prezidentning 10-sentabrdagi PF-190-sonli farmoni bilan tasdiqlangan «Statistikani rivojlantirish — 2030» milliy strategiyasiga kiritilgan. Qoʻmita xabarida iqlim statistikasi boʻyicha yoʻl xaritasini tayyorlash muddatlari koʻrsatilmagan.