Birinchi bosqichda CME Group, Intercontinental Exchange va London metallar birjasi maydonchalari mavjud boʻladi. Savdo, risklarni boshqarish va bitimlarni hisobga olish uchun UZEX Global Phillip Nova texnologiyalaridan foydalanadi.
Oʻzbekiston kompaniyalari mahalliy vositachi orqali jahon birjalarida fyucherslarni sotib olishi va sotishi mumkin boʻladi, shu jumladan xomashyo va metallar narxidagi tebranishlardan himoyalanish uchun. Mamlakat ichida bunday vositalar hozircha qonun bilan tartibga solinmagan.
Kontekst
«Kapital bozori toʻgʻrisida»gi yangi qonun loyihasi xalqaro standartlar boʻyicha optsionlar, svoplar, fyucherslar va forvardlarni joriy etadi. Hujjat Qonunchilik palatasida 28-iyulda birinchi oʻqishdan oʻtdi.