Özbekistonda «Özbek tili korpusi» milliy ma’lumotlar töplami şakllantirildi: unga 6,5 million hujjat, 6,1 milliard söz va 20 milliard token kiritildi. Tokenlar — til modeli söz va gaplarni ajratadigan matn birliklaridir; köpinça token sözning bir qismi hisoblanadi.

Şu kuni deputatlar korpusni yetakçi xalqaro kompaniyalarga taqdim etiş va oçiq foydalanişga joylaştirişni taklif qildilar, şuningdek, sun’iy intellekt mahsulotlari reyestri işga tuşiriladigan muddatni ma’lum qildilar.

Joriy yilning iyul oyida «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlar markazida umumiy qiymati 24 million dollarlik zamonaviy hisoblaş infratuzilmasi foydalanişga topşirildi. Soğliqni saqlaş sohasida foydalaniş uçun 16 ta HGX H200 kartasi bilan jihozlangan kiçik klaster işga tuşirildi, şuningdek, soğliqni saqlaş va ta’lim sohalaridagi loyihalar uçun server uskunalarini xarid qiliş böyiça 8 million dollarlik şartnoma imzolandi.

Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan sun’iy intellekt sohasida — raqamli hukumat, kadrlar tayyorlaş, soğliqni saqlaş, ijtimoiy soha, jamoat xavfsizligi va huquqiy himoya, qişloq xöjaligi hamda ekologiya yönalişlarida 100 dan ortiq loyihani amalga oşiriş boşlandi.

«Beş million sun’iy intellekt yetakçisi» loyihasi doirasida 1,6 milliondan ortiq yoşlar tahsil olib, sertifikatlarga ega böldi. Maktablar uçun yettita, oliygohlar uçun esa uçta öquv qöllanmasi işlab çiqilib, 2026/2027-öquv yilidan amaliyotga joriy etildi. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalarida uçta sun’iy intellekt laboratoriyasi oçildi.

IT Parkning sun’iy intellekt sohasidagi rezidentlari soni 240 taga yetdi, ular körsatgan xizmatlar hajmi 895 milliard söm, eksport hajmi esa 75 million dollarni taşkil etdi. Oxford Insights taşkiloti tomonidan tuziladigan hukumatlarning sun’iy intellektni joriy etişga tayyorligi indeksida Özbekiston sakkiz poğonaga kötarilib, 195 ta davlat orasida 62-örinni egalladi.

Kontekst

2026-yil 16-iyul kuni Özbekiston sun’iy intellekt sohasida hamkorlik böyiça butunjahon taşkilotining (WAICO) ta’sis bitimini imzolagan 29 ta davlat qatoridan joy oldi. Bu boradagi işlar sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyasi doirasida amalga oşirilmoqda.

Şu mavzuda