Yalpi majlisda vazirning «Sun’iy intellektni rivojlantiriş, ustuvor yönalişlarga keng joriy etiş hamda bu borada belgilangan loyihalarning amalga oşiriliş holati töğrisida»gi axboroti eşitildi.

Muhokamalar davomida deputatlar taklif va tavsiyalar kiritdilar: 2027-yil 1-fevralga qadar ai.gov.uz milliy platformasida sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarning yagona reyestrini işga tuşiriş hamda uni real vaqt rejimida davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiya qiliş, şuningdek, «Özbek tili korpusi»ni yetakçi xalqaro kompaniyalarga taqdim etiş va ochiq foydalanişga joylaştiriş.

Bundan taşqari, deputatlar joriy yil yakuniga qadar serverlar sonini 24 taga, grafik kartalarni 192 taga, oliy ta’lim muassasalaridagi sun’iy intellekt laboratoriyalari sonini esa 21 taga yetkaziş, ularning faoliyatini iqtisodiyot tarmoqlarining amaliy vazifalari bilan uzviy boğlaş hamda ilmiy taşkilotlar, startaplar va hududiy konsultantlarning grafik protsessorlar (GPU) klasterlari va katta ma’lumotlar bazalaridan imtiyozli foydalanişini töliq yölga qöyiş zarurligini qayd etdilar. 2027-yilda quvvati 7 ekzaflopsdan (ekzaflops — soniyasiga bir kvintillion operatsiya) yuqori bölgan yangi hisoblaş klasterini işga tuşiriş muhimligi alohida ta’kidlandi. Vazirning bu boradagi axboroti ma’lumot uçun qabul qilindi.

Kontekst

2025-yil 22-oktyabrdagi PF-189-sonli Farmon bilan Raqamli texnologiyalar vazirligiga uç oy muddatda sun’iy intellekt asosidagi yeçimlarni yaratiş, joriy etiş va ulardan foydalaniş tamoyillari hamda xavfsizlik va etika me’yorlarini tasdiqlaş, 2025-yil yakuniga qadar esa davlat organlari va xöjalik jamiyatlari faoliyatida uşbu texnologiyalardan samarali va xavfsiz foydalaniş böyiça uslubiy tavsiyalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirildi. Bundan taşqari, vazirlik Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan ajratiladigan 100 mln AQŞ dollari Raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş jamğarmasining alohida hisobvarağida yuritilişini ta’minlaşi lozim.

Şu mavzuda