Moliyalashtirish toʻqimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, logistika va munitsipal texnikani yangilashga yoʻnaltirilmoqda: shaharlar uchun avtobuslar va kommunal mashinalarni oʻz ichiga olgan 219 birlik yetkazib berish koʻzda tutilgan. Fond yangi loyihalarni oʻrganmoqda; koʻrib chiqilayotgan yana 18 ta tashabbus bor. Fondning ustav kapitali hozir $50 mln, oʻrta muddatli istiqbolda uni $200 mlngacha yetkazish rejalashtirilgan.
Kontekst
Fond 2021-yilgi kelishuv boʻyicha tuzilgan va uning tuzilishi nima uchun u Oʻzbekistonga kerakligini tushuntiradi: badalni oʻzbek tomoni kiritadi, qarzlar esa Qirgʻiziston hududidagi loyihalarga beriladi. Ya’ni bu yordam emas, oʻzbek biznesi va ishlab chiqarish zanjirlarini qoʻshni mamlakatga ilgari surish vositasi.
Qirgʻizistonda faoliyat yuritayotgan toʻrtta taraqqiyot fondidan oʻzbek fondi hajm boʻyicha Rossiya fondidan keyin ikkinchi oʻrinda; u 3696 ta loyihani $1,03 mlrd ga moliyalashtirgan, kapitali — $592,7 mln.
Siyosiy doira shu: iyul oyida Prezidentning Bishkekka davlat tashrifi chogʻida kapitalni $200 mlngacha yetkazish e’lon qilindi, ikki mamlakat tovar ayirboshlashi esa $1,2 mlrd deb baholanadi, maqsad — $2 mlrdga chiqish.
Eng yirik qoʻshma loyiha — Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temir yoʻli.