Eng koʻp Turkmaniston fuqarolari — 11 986 kishi, ya’ni oʻqish uchun kelganlarning 40%i keldi. Keyingi oʻrinlarda Hindiston (6163), Tojikiston (2271), Xitoy (1311) va Pokiston (1252) turadi. Qirgʻizistondan 1028 kishi, Misrdan — 852, Koreya Respublikasidan — 732, Filippindan — 620 kishi keldi. Qolgan mamlakatlar hissasiga 3333 kishi toʻgʻri keldi.
Kontekst
Statistika sayohat maqsadini kirishda qayd etadi, shuning uchun u qabul qilingan talabalar sonini emas, kelishlar sonini aks ettiradi. Oʻqish tashrif sabablarining oʻsayotgan yagona turi emas: sakkiz oy ichida mamlakatga davolanish maqsadida 46 mingdan ortiq xorijlik keldi. Ikki mamlakat — Turkmaniston va Hindiston — oʻqish uchun barcha safarlarning 61%ini beradi.