Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 24-noyabr kuni ma’lum qildi. Qabul subsidiyalar tölaşning maqsadli körsatkiçlari doirasida berilgan va amal qiliş muddati hali tugamagan bildirişnomalarning foydalanilmagan qismi hisobidan oçilmoqda.

Subsidiya oliş uçun ariza beruvçi ijtimoiy mezonlar asosida baholanganda 30 va undan yuqori ball töplaşi kerak, uning kredit tarixi esa dasturda iştirok etayotgan kamida bitta tijorat bankining içki talablariga javob berişi lozim. Ariza beruvçi va uning turmuş örtoği respublikaning heç bir hududida mulk huquqi asosida uy-joyga ega bölmasligi, örtaça oylik daromadi esa belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bölişi kerak.

Vazirlik alohida ogohlantirdi: ariza beriş va uni baholaş davrida arizaçi OneID tizimidagi şaxsiy ma’lumotlarni boşqariş paneli orqali iştirokçi banklarga kredit tarixini baholaş maqsadida ma’lumotlardan foydalanişga ruxsat berişi, kredit tarixini olişga esa vaqtinçalik çeklov örnatilmagan bölişi kerak. Aks holda, kredit tarixini örganişning imkoni bölmaydi va ariza rad etiladi.

Arizani Davlat xizmatlari markazlari, myGov mobil ilovasi hamda my.gov.uz portali orqali topşiriş mumkin. Harbiy tuzilmalar xodimlari esa Davlat xizmatlari markaziga şaxsan murojaat qilgan holda ariza topşirişlari mumkin. Dasturda 15 ta tijorat banki iştirok etmoqda, vazirlik ularning röyxatini xabar bilan birga e’lon qildi.

Kontekst

Ijtimoiy mezonlarga muvofiqlikni baholaş Iqtisodiyot va moliya vazirligining «subsidiya.idm.uz» tizimi orqali inson omilisiz, avtomatlaştirilgan rejimda amalga oşiriladi — bu tartib 2026-yil 24-fevraldagi PF-29-sonli farmon bilan belgilangan. Şuningdek, uşbu hujjatga köra, subsidiya oliş uçun arizalar 16-martdan 1-dekabrgaça qabul qilinadi, subsidiya esa kreditning dastlabki beş yili davomida ipoteka böyiça foiz tölovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oşgan qismini qoplab beradi.

Şu mavzuda