16 sentabrda bir tonna propan 7,41 mln soʻm turardi. 17 sentabrda narx 11,9 mlnga (+60,6%) koʻtarildi, 18 sentabrda esa 12,22 mlnga yetdi. Sotuv hajmi 666 tonnadan 1114 tonnagacha oshdi. Boshlangʻich narx chegarasi saqlanib qoldi: agar u bir tonna uchun 7,5 mln soʻmdan yuqori boʻlsa, birja ishlab chiqaruvchi va importchilarning arizalarini qabul qilmaydi. Avvalgi chegarada savdolarda narx 8,25 mln soʻmdan oshmasdi.
Birja narxining oʻsish chegarasini bekor qilish suyultirilgan gaz bilan aholini ta’minlashni isloh qilish toʻgʻrisidagi 12 sentabrdagi PP-326-sonli Prezident qarorida nazarda tutilgan. Aholiga gaz tartibga solinadigan chakana narxlarda yetkaziladi, farqni LPG-Trade kompaniyasi byudjetdan qoplaydi.
Kontekst
Propan birja narxining oʻsish chegarasi 2024-yil noyabridan amal qilgan. Dastlab u boshlangʻich narxning 20 foizini tashkil etgan, 2026-yil 12 yanvardan — 10 foiz.