Samarqandda Rubio Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston ishtirokidagi C5+1 formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qatnashadi. E’lon qilingan mavzular — mintaqaviy iqtisodiy bogʻliqlik, energetika xavfsizligi va umumiy ustuvor vazifalar. Alohida Oʻzbekiston rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan: savdoni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish va mintaqa iqtisodiyotini modernizatsiya qilish muhokama qilinadi.

Tashrifning aniq sanalari, delegatsiya tarkibi va kompaniyalar vakillik qiladigan tarmoqlar e’lon qilinmagan.

Kontekst
C5+1 formati 2015-yildan beri ishlaydi, uning birinchi uchrashuvi Samarqandda boʻlib oʻtgan. Oxirgi yilda AQSh bilan munosabatlarning iqtisodiy qismi kengaydi: tomonlar energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar va qishloq xoʻjaligini ustuvor yoʻnalish deb atagan. Oktyabr muzokaralaridagi asosiy savol — mineral xomashyoni qayta ishlash Oʻzbekiston ichida joylashtiriladimi yoki mamlakat xomashyo yetkazib beruvchi boʻlib qoladimi.