Hozir Gonkong birjasida “Bir kamar, bir yoʻl” mamlakatlaridan 100 dan ortiq kompaniyaning umumiy qiymati 340 mlrd Gonkong dollaridan oshadigan aksiyalari savdo qilinadi. Iyulga kelib bu mamlakatlarning 470 mlrd Gonkong dollaridan ortiq summadagi 82 ta obligatsiyasi joylashtirilgan. Qozogʻiston temir yoʻl kompaniyasi KTJ Gonkong ma’muriyati rahbari Jon Lining iyun boshida Qozogʻistonga tashrifidan soʻng IPO uchun allaqachon ariza topshirdi.

Oʻzbekiston va Gonkong oʻzbek kompaniyalarining IPO va ikkilamchi listinglarini muhokama qilmoqda: 2026-yil may oyida moliyaviy xizmatlar kotibi Kristofer Xuy Oʻzbekiston birjasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Oʻzbekiston 13 ta yirik davlat kompaniyasining ulushlari kirgan Milliy investitsiya jamgʻarmasi IPOsini yakunladi. NKMK va OKMK jamgʻarmaga kiritilmagan.

Kontekst

2026-yil iyun oyida Gonkong birjasi XMFM va AIX birjasi bilan memorandumlar imzoladi. 2025-yil oxirida Jiaxin International Resources HKEX va AIXda bir vaqtning oʻzida aksiyalarni joylashtirdi. Qirgʻiziston Gonkongda oʻzining dastlabki suveren obligatsiyalarini joylashtirdi.