Bir oy avval, shu qoʻmitaning 4-sentabrda e’lon qilgan ma’lumotlariga koʻra, ularning soni 356 mingdan ortiq edi. Demak, bir oy ichida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni qariyb 10 mingtaga oshgan. 1-sentabr holatiga koʻra, mamlakatda fermer va dehqon xoʻjaliklarini hisobga olmaganda, 613 452 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Kontekst

Oʻsish sezilarli. Bir oy avval, shu qoʻmitaning 4-sentabrda e’lon qilgan ma’lumotlariga koʻra, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) soni 356 mingdan ortiq edi. Ya’ni bir oy ichida ularning soni qariyb 10 mingtaga koʻpaygan.

1-sentabr holatiga koʻra, mamlakatda fermer va dehqon xoʻjaliklarini hisobga olmaganda, 613 452 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning qanchasi amalda ishlayotganini aniqlash uchun biznes subyektlari roʻyxatga olinadi. Bu jarayon 15-oktabrdan 30-noyabrgacha davom etadi va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotganlarni ham qamrab oladi.

Rasmiylar roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslarning bir qismi amalda faoliyat yuritmayotganini hisobga olmoqda. Kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi esa yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 23 foiziga teng deb baholanmoqda.