Qolgan shaxsiy ma’lumotlarni xorijda qayta ishlash va saqlash mumkin. Shart — mamlakat teng darajadagi himoyani ta’minlovchi davlatlar roʻyxatiga kirishi yoki operator tasdiqlangan namunaviy shartnoma shartlari yoki korporativ qoidalarni qoʻllashi kerak. Bunday mamlakatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Mas’uliyat saqlanib qoladi. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 46-2-moddasiga koʻra, shaxsiy ma’lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 50 baravarigacha jarima nazarda tutilgan.
Kontekst
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat ichida saqlash talabi 2021-yildan beri amal qilgan. Kodeksda sun’iy intellekt yordamida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun alohida javobgarlik normasi yoʻq.