Qonun loyihasi 17-noyabr kuni birinçi öqişda qabul qilindi. «Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida»gi hamda «Ta’lim töğrisida»gi qonunlarga özgartirişlar kiritilmoqda: majburiy bir yillik tayyorgarlik umumiy örta ta’lim tizimiga kiritiladi, ham maktabgaça, ham umumta’lim taşkilotlarida taşkil etiladi hamda bolalarning undan ötiş huquqi kafolatlanadi. Bundan maqsad — ta’lim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş va fuqarolarning xorijda öqişni davom ettirişi uçun şaroit yaratişdan iborat.

Amaldagi tahrirga köra, umumiy örta ta’lim I–XI sinflarni qamrab oladi hamda majburiy ön bir yil davomida uzluksiz amalga oşiriladi, bolalar esa birinçi sinfga yetti yoşga töladigan yili qabul qilinadi. Agar tayyorlov yili umumiy örta ta’limga kirsa, majburiy yillar soni ön ikkitaga çiqadi, biroq qonun loyihasi tavsifida bunday xulosa töğridan-töğri bayon etilmagan. Birinçi sinfga qabul qiliş yoşini özgartiriş haqida ham qonun loyihasi tavsifida söz yöq.

Tayyorgarlikka bunday maqomni farmon allaqaçon bergan: 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son farmon majburiy umumiy örta ta’limning boşlanğiç böğini sifatida bir yillik tayyorlov guruhlari dasturini joriy etişni ma’qulladi. Guruhlar bolalar boğçalarida, maktablarda va boşqa ijtimoiy soha obyektlarida töliq kun yoki qisqa muddatli şaklda işlaydi, ularni nodavlat taşkilotlar ham oçişi mumkin. 2027/2028-öquv yilidan boşlab maşğulotlarni oliy ma’lumotli pedagoglar yoki bitiruvçi kurs talabalari olib boradi, bolalarga esa davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi va bu haqda attestatda belgi bölad. Bolalarni bunday tayyorgarlik bilan töliq qamrab oliş 2031-yilgaça bölgan milliy dasturda ham nazarda tutilgan.

Kontekst

Maktabga borişdan oldin bir yillik tayyorgarlikdan ötiş majburiyatining özi yangilik emas. Davlat har bir bolaning davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida umumiy örta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlik köriş huquqini 2020-yil 18-iyundan buyon amalda bölgan «Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida»gi qonun bilan kafolatlaydi; uşbu qonunga köra maktabga tayyorlov guruhi olti yoşdan yetti yoşgaça bölgan davrni qamrab oladi.

Şu mavzuda