2025-yilda dunyoda umumiy quvvati 377,1 GVt boʻlgan 413 ta energetika reaktori ishladi. Pessimistik stsenariy boʻyicha 2060-yilga borib quvvat 696 GVtga yetadi. Yangi quvvatlarning 28% gacha qismi kichik modulli reaktorlarga toʻgʻri keladi. Asosiy oʻsish Markaziy va Sharqiy Osiyoda kutilmoqda — optimistik stsenariyda 114 dan 407 GVtgacha.
Oʻzbekiston MAGATE oʻsish asosi deb atayotgan ikkala turdagi reaktorli AESni qurmoqda. Jizzax viloyatida umumiy quvvati 2110 MVt boʻlgan ikkita VVER-1000 bloki va ikkita RITM-200N kichik modulli reaktori qurilmoqda, ular yiliga 17 mlrd kVt·soatgacha elektr ishlab chiqaradi. Birinchi kichik reaktorning texnik ishga tushirilishi 2029-yil oktyabr–noyabr oylariga, birinchi katta blokniki esa 2033-yilga rejalashtirilgan. Prezident ikkinchi AES loyihasi tayyorlanayotganini ham ma’lum qildi.
Kontekst
MAGATE prognozni ketma-ket oltinchi yil oshirmoqda va birinchi marta ufqni 2050-yildan 2060-yilgacha kengaytirdi. 2025-yilda dunyoda 7 ta energoblok ekspluatatsiyadan chiqarildi va 3 ta yangisi tarmoqqa ulandi. Oʻzbekistondagi AES maydonida birinchi beton ishlari 2026-yil 24-martda boshlangan.