Tomonlar Olmaliq va Navoiy togʻ-metallurgiya kombinatlari bilan tajriba almashish, shuningdek mutaxassislarni tayyorlashni koʻrib chiqdi. Kelgusi hukumatlararo komissiya doirasida tegishli ishchi guruh tuzish va idoralararo kelishuv tayyorlash taklif etildi.

Kontekst

Uchrashuv mantigʻi 2026–2030-yillarga tasdiqlangan strategiyada: kritik minerallarning 28 turini oʻzlashtirish va xomashyodan tayyor mahsulotgacha zanjirni qurish. Shu davrga $4,2 mlrdlik 120 ta loyiha rejalashtirilgan, maqsad — tarmoq hajmini 2030-yilga kelib $2 mlrdga yetkazish, joriy yilda $166 mlnlik 12 ta loyiha ishga tushishi kerak. Oʻzbekiston shu bilan birga koʻpvektorlilik taktikasini tanladi: kritik minerallar boʻyicha AQSh bilan memorandum va Yevropa Ittifoqi bilan yoʻl xaritasi allaqachon imzolangan, avgust oyida Qudratov tarmoqqa hind kompaniyalarini chaqirgan. Jazoir bu qatorda investor emas, oʻxshash profilga ega hamkor: mamlakatning oʻzi noyob metallar qazib olishni rivojlantirmoqda, shuning uchun gap pul haqida emas, texnologiya va tajriba almashinuvi haqida.