Bu hajmning deyarli yarmi xizmatlarga — 48% — toʻgʻri keladi. Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi 28,4%, sanoat — 11,9%, qurilish — 11,7% berdi.
Kontekst
Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushi bir necha yildan beri yarim atrofida saqlanib, pasayib bormoqda: 2020-yilda u 57,5%ni, 2024-yilda — 53,5%ni, 2025-yilda — 52,2%ni tashkil etgan. Shu bilan birga sektorda ishlaydigan aholining taxminan 74%i band. Hukumat ulushni 55%ga yetkazishni va qoʻshilgan qiymatni $70 mlrdga chiqarishni, kichik biznes eksportini esa $9 mlrddan $12 mlrdga oshirishni maqsad qilgan edi.