Maxsus ekologik rejim Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktyabrdagi 586-sonli qarori bilan joriy etilgan bölib, u 23-oktyabrdan kuçga kirgan. Hudud Toşkent şahrini, şuningdek, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlarini qamrab oladi. Issiqxonalarni faqatgina gaz, elektr, geotermal va quyoş energiyasi yoki issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamçi issiqligi bilan hamda faqat davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bölgan taqdirdagina isitişga ruxsat beriladi.
Kömirda qolayotganlar uçun talablar röyxati yetti banddan iborat bölib, ularning barçasini bir vaqtning özida bajariş şart: yoqilği uzatiş va yoniş jarayonini avtomatik boşqariş hamda belgilangan samaradorlikka ega çang-gaz tozalaş uskunasi; ma’lumotlarni real vaqt rejimida Ekologiya qömitasining axborot tizimlariga uzatib boruvçi, milliy standartga mos keladigan CEMS taşlamalarni uzluksiz avtomatik monitoring qiliş tizimi; qozonlar, filtrlar va monitoring tizimi uçun muvofiqlik sertifikatlari; qozonlar va tutun mörilariga örnatilgan, şuningdek, qömita tizimiga integratsiya qilingan onlayn-kameralar; bularning barçasi öçib qolmasligi uçun zaxira generatori; kul, şlam va oğir metallarni utilizatsiya qiliş; uskunaning texnik hujjatlarida közda tutilmagan özgartirişlar kiritişni taqiqlaş. Şina, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, rezina, işlatilgan moylar hamda maişiy çiqindilarni yoqiş qat’iyan man etiladi.
Mablağlar alohida hisob-kitob qilinadi. 2028-yil 1-yanvargaça davlat filtrlar, qozonlar, energiya tejovçi ekranlar hamda elektr, geotermal, quyoş va kogeneratsiya uskunalari uçun qilingan xarajatlarning yarmini, ammo gektariga 50 million sömdan köp bölmagan qismini qoplab beradi. CEMS stansiyasi esa, xöjalik istagiga binoan, Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasi hisobidan har bir stansiya uçun köpi bilan 350 mln söm miqdorida, yetti yil muddatga foizsiz bölib tölaş şarti bilan moliyalaştiriladi; bordi-yu, xöjalik şartnoma şartlarini bajarmasa, yozma ogohlantirişdan söng stansiya demontaj qilinib, qaytarib olinadi, qarzdorlik esa akseptsiz tartibda undirib olinadi. 2026–2027-yillarda elektr, geotermal va quyoş energiyasi hamda kogeneratsiyaga ötiş uçun loyiha qiymatining yarmigaça va gektariga 3 milliard sömgaça miqdorda uç yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Mazkur kreditlar uçun uçinçi çorakda budjet daromadlarining oşirib bajarilgan qismidan tijorat banklariga 150 mlrd sömgaça mablağ yönaltiriladi.
Nazorat kuçaytirilişi va’da qilinmoqda. Ekologiya qömitasi ikki oy muddatda boşqa tarmoqlardagi qozonxonalar uçun ekologik me’yorlar hamda korxonalarni «qizil», «sariq» va «yaşil» toifalarga ajratiş töğrisidagi takliflarni, şuningdek, atmosfera havosini ifloslantirganlik uçun jazo qöllaşda huquqbuzarlik aşyolarini musodara qiliş haqidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritişi lozim. Havo monitoringi uçun yuqori sifatli kameralar, dronlar va sun’iy intellektga asoslangan dasturiy-texnik yeçimlar xarid qilinadi.
Kontekst
2026-yil 1-dekabrdan boşlab uşbu talablarga javob bermaydigan xöjaliklarga ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi berilmaydi, avval berilganlari esa töxtatib qöyiladi; şuningdek, ular elektr energiyasi, gaz va suv ta’minotidan uzib qöyilişi mumkin. Bir hafta muddatda hududdagi har bir issiqxona uçun individual «yöl xaritasi» tasdiqlanişi lozim: yoqilği turini özgartiriş, uskunalar örnatiş, «Surxon-Agro» erkin iqtisodiy zonasiga yoki boşqa mos hududlarga köçiriş yoxud faoliyatini tugatiş. Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan uskunalarni 2030-yil 1-yanvargaça bojxona bojidan ozod etiş közda tutilmoqda: JST bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya bu boradagi qarorni ikki hafta muddatda qabul qilişi kerak edi. Avvalroq Kontekst Energetika vazirligi issiqxonalarga gaz örniga muqobil yoqilği izlaşni tavsiya qilgani haqida yozgan edi.
Şu mavzuda