Ular orasida — issiqlik stressi, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas yoʻllari kasalliklari va suv hamda oziq-ovqat orqali yuqadigan infeksiyalar, deyiladi tadqiqotda.

Mualliflar, shuningdek, iqlim oʻzgarishi va Markaziy Osiyo muzliklarining holati bilan bogʻliq suv zaxiralarining kamayishiga e’tibor qaratadi.

Oʻzbekiston uchun tadqiqot natijalari mamlakatning mintaqaning umumiy suv resurslariga bogʻliqligi va yoz davrida ekstremal issiq kunlar sonining oʻsishi tufayli ahamiyatga ega.

Kontekst

Xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga koʻra, Markaziy Osiyo muzliklari mintaqa suv resurslarining muhim qismini ta’minlaydi. Ularning holatidagi oʻzgarish birdaniga bir nechta mamlakat aholisining suv ta’minoti, qishloq xoʻjaligi va yashash sharoitlariga ta’sir qiladi.